Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudi tomonidan davra suhbati o‘tkazildi
2025-09-17 10:00:00 / Yangiliklar

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining raisi B.Qoraev va tuman sudining tergov sudyasi S.Rustamov tomonidan Sirdaryo tumani “Oq yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar bilan davra suhbati o‘tkazildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining tergov sudyasi S.Rustamov Sirdaryo tumani “Oq yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida ushbu mahallada yashovchi fuqarolar bilan davra suhbati o‘tkazdi.
Davra suhbati davomida tuman sudining raisi B.Qoraev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-140-sonli Farmoni va “Odil sudlov sohasida yukori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF-141-sonli Farmoni tushuntirib o‘tdi.
Sudya S.Rustamov mahalla fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli PQ-1-sonli Qarorining mazmun-mohiyatini, unda belgilangan
2024 yilda jinoyat sodir etilgan har bir mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilish, kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli o‘rganishlarni o‘tkazish orqali huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan asl omillarni aniqlash va barham berish, mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda “mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq mas’uliyatini belgilash kabi vazifalarni hamda ularni amalga oshirish chora-tadbirlarni tushuntirib o‘tdi.
Shuningdek, davra suhbati davomida ushbu mahalla fuqarolari tomonidan sodir etilgan ayrim ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha chiqarilgan taqdimnomalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, davra suhbati davomida tuman sudining devonxona mudiri M.Raimberdiev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 martdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishi”dagi ma’ruzasining mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi.
Davra suhbati davomida mazkur mahallalarda yashovchi fuqarolar tomonidan o‘zlariga qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.
