Sirdaryo tumanida tashqi targʻibot vositalari o‘rganildi
2025-08-15 15:00:00 / Yangiliklar
Tuman ishchi guruhi tomonidan tashqi targʻibot vositalarining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablariga muvofiqligi oʻrganildi.

Xususan, oʻrganishlar davomida noqonuniy oʻrnatilgan reklama bannerlari, axborot yozuvlari hamda qonun talablariga javob bermaydigan tashqi reklamalar, ruxsat berilmagan joylarda oʻrnatilgan tashqi targʻibot vositalari olib tashlandi.
Shuningdek, tadbirkorlar oʻrtasida reklama qonunchiligiga rioya qilish, tashqi reklamalarni oʻrnatishda belgilangan meʼyorlarga amal qilish boʻyicha targʻibot va tushuntirish ishlari olib borildi.




