Sayyor qabul: Xalq ichida — xalq uchun!
2025-07-23 17:00:00 / Yangiliklar
Bugun Hikmatli mahallasida, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimiga amaliy yondashish maqsadida tuman hokimi Azizbek Turdimurodovning ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabul davomida mahallalaridan tashrif buyurgan 80 nafardan ortiq fuqarolar o‘z muammo va takliflarini erkin bayon etdi.Ko‘tarilgan masalalar orasida ichki yo‘llarga asfalt yotqizish, yaroqsiz holga kelgan elektr ustunlarini almashtirish, koʻp qavatli uy joylarda obodonlashitirish ishlari va kanalizatsiya tizimlarini toʻgʻrilash kabi dolzarb ehtiyojlar alohida ta’kidlandi.
E’tiborga molik jihati shundaki, murojaatlarning bir qismi sayyor qabul jarayonida joyida hal etildi. Muddat talab etadigan masalalar yuzasidan esa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida maxsus ishchi guruhlar tuzilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.








