Sirdaryo tumanida fuqarolar bilan sayyor qabullar o‘tkazildi
2025-07-04 08:00:00 / Yangiliklar
Aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni joyida hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabullar boʻlib oʻtdi.

Qabul jarayonida tuman hokimining o‘rinbosarlari Sultonbek Mamanazarov, Baxtiyor Norqulov va Nilufar G‘afurova fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borishdi.
Sayyor qabul davomida tuman aholisi tomonidan turli yoʻnalishlarda — ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, yer uchastkalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat yuzasidan joyida oʻrganish va yechim topish choralari koʻrildi. Ayrim muammolarga shu yerning oʻzidayoq huquqiy tushuntirishlar berildi va masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Bu kabi sayyor qabullar aholining davlat organlari bilan bevosita muloqoti, ularning dardu tashvishlarini eshitish va amaliy yechimlar topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.








