BAYROĞIMIZ — FAXRIMIZ VA ĞURURIMIZ!
2026-11-18 09:00:00 / Yangiliklar

Sirdaryo tumanida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi keng nişonlandi.
“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostida taşkil etilgan tantanali tadbirda Sirdaryo tumani hokimi Azizbek Mahamatquloviç Turdimurodov iştirok etib, davlat bayroğimizning xalqimiz uçun muqaddas ramz ekani, unda Vatanimizning şa’ni, xalqimizning ğururi va mustaqilligimiz ruhi mujassam ekanini ta’kidladi.
Bayram tadbirlari doirasida kun davomida bayroq ostida yuriş marafoni,vatanparvarlik çiqişlari, kuy-qöşiqlar va musiqiy dasturlar namoyiş etildi.




