SIRDARYO TUMANIDA HOSILDORLIKNI OSHIRISHGA QARATILGAN AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-10-20 12:00:00 / Yangiliklar

Sirdaryo tumanida klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida sabzavotlarni duga usulida yetishtirish, kartoshkachilikni rivojlantirish hamda takroriy ekinlar hosildorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda zamonaviy agrotexnik usullarni qo‘llash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, hosil sifati hamda salmog‘ini oshirish yuzasidan mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, fermer xo‘jaliklarida ilg‘or tajribalarni keng joriy etish, takroriy ekinlarni o‘z vaqtida parvarishlash va yig‘ib olish orqali mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.



