Sirdaryo tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida raqamli davlat xizmatlari va sun’iy intellekt bo‘yicha seminar o‘tkazildi
2026-10-10 14:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda my.gov.uz portali orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, uning imkoniyatlari hamda sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim va kundalik hayotdagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga sun’iy intellekt vositalaridan samarali va oqilona foydalanish, axborotlarning ishonchliligini tekshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Seminar yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.







