Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi
2026-09-19 10:00:00 / Matbuot anjumanlari

Sirdaryo tumani hokimligi bosh yuriskonsulti ishtirokida “Soha faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlar va aholiga yaratilayotgan qulayliklar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda 2026-yilning o‘tgan davrida yer ijara shartlarini buzgan 19 ta fermer xo‘jaligi bo‘yicha sudga da’vo arizalari kiritilib, jami 350 gektar yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning mehnat va yer munosabatlariga oid murojaatlari o‘z vaqtida o‘rganilib, ularga amaliy yordam hamda huquqiy tushuntirishlar berilayotgani ta’kidlandi.


