Sirdaryoda Mustaqillik bayrami tantanalari davom etmoqda
2026-08-21 22:00:00 / Yangiliklar

Sirdaryo tumanining Yoshlik mahallasidagi “Ezgu niyatlar” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram gala-konserti ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Konsert dasturida taniqli xonanda Sardor Bekmurodov ishtirok etib, o‘zining mazmunli va dilbar taronalari bilan bayram tadbiriga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Tadbir davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar, ko‘tarinki kayfiyat va bayramona muhit yig‘ilganlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.





