Sirdaryoda Mustaqillik bayrami tantanalari davom etmoqda
2026-08-22 22:00:00 / Yangiliklar

Sirdaryo tumanining Taraqqiyot mahallasidagi 2-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram gala-konserti ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Konsert dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov ishtirok etib, o‘zining mazmunli va dilbar taronalari bilan bayram tadbiriga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Tadbir davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar, ko‘tarinki kayfiyat va bayramona muhit yig‘ilganlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.





