Pekinda Sirdaryoning investitsiya imkoniyatlari taqdim etildi
2026-08-17 10:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida mamlakatimiz va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
Xitoyning Xorijdagi korxonalari uyushmasi (CODA) bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yirik xitoy kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Forumda O‘zbekistonda sarmoyadorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan bir qatorda, Sirdaryo viloyatining investitsiya salohiyati, istiqbolli loyihalari, erkin iqtisodiy va sanoat zonalaridagi qulayliklar taqdim qilindi.
Tadbir yakunida G2B va B2B uchrashuvlari o‘tkazilib, qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda Sirdaryoga xitoylik tadbirkorlardan iborat biznes-missiya tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


