Bugun, 12-avgust - O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari xodimlari kuni!
2026-08-12 12:00:00 / Yangiliklar

Mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, davlatimiz budjeti va daromadlarini barqaror shakllantirish, barcha bunyodkorlik ishlari hamda aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davlat soliq xizmatining hissasi ulkandir.
Sana munosabati bilan Sirdaryo tumani hokimligi soliq xizmati organlarining barcha xodimlarini, xususan tuman soliq inspeksiyasi mehnat jamoasini bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
Barchangizni oilangizga tinchlik va farovonlik, xalqimiz manfaati va yurt istiqboli yo‘lidagi ma’suliyatli hamda sharafli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
