Matbuot anjumani o‘tkazildi
2026-06-08 14:00:00 / Yangiliklar

Sirdaryo tumani Moliya bo‘limi tomonidan “Byudjet va mablag‘lar: ajratilgan pul qayerga va qanday sarflandi?” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda tuman byudjeti mablag‘larining shakllanishi, ularning maqsadli va samarali sarflanishi, amalga oshirilgan ishlar hamda ajratilgan mablag‘lar hisobidan hayotga tatbiq etilgan loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari va ishtirokchilar tomonidan bildirilgan savollarga mutasaddilar tomonidan tegishli javoblar qaytarildi.
Ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash yo‘lidagi bunday tadbirlar davlat mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.








