Payshanba – Yoshlar kuni: Sirdaryo tumani hokimi yoshlar va harbiy xizmatchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2026-06-04 14:00:00 / Yangiliklar

Elobod mahallasida joylashgan harbiy qismda mahalla yoshlari hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Sirdaryo tumani hokimi Azizbek Turdimurodov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. Uchrashuv davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim olishlari hamda kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlarning xizmat sharoitlari, kelgusidagi maqsad va rejalari hamda tashabbuslari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, ularni amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.




