Sirdaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi sayyor yig‘ilishi Sirdaryo tumanida o‘tkazildi.
2026-06-02 12:00:00 / Yangiliklar

Unda hududiy Kengash a’zolari tomonidan tumanda korrupsiyaning oldini olish, ayniqsa, maishiy korrupsiyaga barham berish hamda hududda unga nisbatan murosasiz muhit yaratish maqsadida barcha soha va tarmoqlarni qamrab oluvchi “Yo‘l xarita”ning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda tuman maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, soliq, energetika hamda ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq maishiy korrupsiya holatlari ko‘p uchraydigan sohalar birma-bir tahlil qilindi. Mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Yig‘ilish yakunida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish, tizimdagi muammolarni bartaraf etish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda shaffofligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.









