Giyohvandlik moddalarining noqonuniyaylanmasi jamiyatimiz uchun eng katta xavfdir
2026-05-25 14:00:00 / Yangiliklar

Hozirgi zamonda insoniyat oldida turgan eng jiddiy global muammolardan biri – giyohvandlik va uning noqonuniy aylanmasidir. Giyohvandlik nafaqat alohida shaxs salomatligiga zarar yetkazadi, balki jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy asoslarini yemiruvchi xavfli illat hisoblanadi.
Shu boisdan ham giyohvandlik “asr vabosi” deb nomalanadi. Bu atama uning keng tarqalganligi, og‘ir oqibatlarga olib kelishi va unga qarshi kurashish qanchalik murakkab ekanini anglatadi.
Bugungi kunda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar transmilliy xarakter kasb etib, xalqaro uyushgan jinoyatchilikning muhim yo‘nalishlardan biriga aylangan.
Giyohvandlik (narkotik) vositalari — giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan preparatlar va o‘simliklar hisoblanadi.
Giyohvandlik - bu inson organizmining narkotik va psixotrop moddalarga nisbatan jismoniy va ruhiy qaramligi holatidir. Bu qaramlik inson irodasini susaytiradi, uning shaxsiy va ijtimoiy hayotini izdan chiqaradi.
Giyohvandlikka olib keluvchi moddalar uch guruhga, ya’ni tabiiy (opiy, marixuana); yarim sintetik (geroin) va sintetik (amfetamin, metamfetamin) guruhlarga bo‘linadi.
Mazkur sohadagi huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.
Jinoyat qonuniga muvofiq, giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq jinoyatlar yuqori darajada ijtimoiy xavfli jinoyatlar qatoriga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq qilmishlar alohida moddalarda nazarda tutilgan.
Xususan, Jinoyat kodeksining 270-moddasida, giyohvandlik vositalarini noqonuniy ravishda ekish yoki yetishtirish, ya’ni bu modda giyohvandlik moddalari xom ashyosini tayyorlash bilan bog‘liq qilmishlarni qamrab oladi.
Mazkur jinoyatning ijtimoiy xavfliligi:
Birinchidan, noqonuniy bozorni ta’minlash;
Ikkinchidan, uyushgan jinoyatchilik iqtisodiy bazasini mustahkamlash.
Qonunchiligimizga ko‘ra, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq eng og‘ir qilmishlardan biri giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadida tayyorlash, olish, saqlash va o‘tkazishdan iborat.
Mazkur jiniy qilmish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan qamrab olingan.
Mazkur jinoyatning ijtimoiy xavfliligi:
Birinchidan, aholi o‘rtasida giyohvandlik kengayishi;
Ikkinchidan, uyushgan jinoyatchilik rivojlanishi;
Uchinchidan, korrupsiya xavfining ortishi;
To‘rtinchidan, transmilliy jinoyatchilik bilan bog‘liqlik.
Jinoyat kodeksining 276-moddasida, giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda egallash, saqlash va boshqa harakatlar, ya’ni o‘tkazish maqsadisiz giyohvandlik moddalarini noqonuniy ravishda egallash, saqlash, tashish yoki tayyorlash jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Mazkur jinoyatning ijtimoiy xavfliligi:
Birinchidan, aholi salomatligiga tahdid;
Ikkinchidan, giyohvandlikka moyil muhit shakllanishi;
Uchinchidan, kelgusida og‘ir jinoyatlarga zaminyaratilishi.
Giyohvandlik jinoyatlarining ijtimoiy xavfibu asab tizimini izdan chiqaradi, ruhiykasalliklarni keltirib chiqaradi, OITS va boshqayuqumli kasalliklar tarqalishiga sabab bo‘ladi, o‘lim holatlarini ko‘paytirishi mumkin.
Natijada jamiyatda mehnat resurslarikamayadi.
Shu bilan birga giyohvandlik, oilaviynizolarga, ajrimlarga, bolalar qarovsizligiga va ma’naviy qadriyatlar yemirilishiga olib keladi.
Giyohvandlik moddalarining noqonuniyaylanmasi ko‘p hollarda transmilliy jinoyatchiliktarmoqlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu esa chegaraxavfsizligiga, jamoat tartibiga va davlatboshqaruv tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Giyohvandlikka qarshi kurashishda quyidagi profilaktika chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratish zarur.
Birinchidan, yoshlar o‘rtasida huquqiy ongni oshirish;
Ikkinchidan, ta’lim muassasalaridaprofilaktik dasturlarni yaratish;
Uchinchidan, huquqni muhofaza qiluvchiorganlar tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazish;
To‘rtinchidan, davolash va reabilitatsiya tizimini takomillashtirish;
Beshinchidan, jamoatchilik nazoratinikuchaytirish.
Xulosa qilib aytganida, giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq jinoyatlar jamiyatning barcha sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi o‘ta ijtimoiy xavfli qilmishlardir. Ular insonsalomatligiga, oila barqarorligiga, iqtisodiyotgava milliy xavfsizlikka jiddiy zarar yetkazadi.
Shu bois giyohvandlikka qarshi kurash va uni oldini olish har bir davlat, har bir jamiyat va har bir shaxsning muhim vazifasidir, shuningdek, ushbu kurash kompleks va tizimli xarakterga ega bo‘lishi, huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy choralar uyg‘unligini talab qiladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo
tuman sudining tergov sudyasi
S.Rustamov
Devonxona mudiri M.Raimberdiyev
