Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari jarangladi
2026-05-25 10:00:00 / Yangiliklar

Bugun tumandagi barcha 43 ta maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Oqibat mahallasidagi 1-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tantanada ishtirok etgan tuman hokimi dastlab Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Ularga kelgusidagi ishlarida omad tiladi. Ilm olishdan, izlanishdan hech qachon to‘xtamaslik zarurligini ta’kidladi.
Yil davomida o‘zining odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilar, ularning ota-onalari rag‘batlantirildi.






