Sirdaryo tumani hokimi navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
2026-05-01 10:00:00 / Yangiliklar

Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, ularning murojaatlarini tinglash hamda amaliy yechimlar topish maqsadida Sirdaryo tumani Xalq qabulxonasi tomonidan tuman hokimi Azizbek Turdimurodov rahbarligida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Yuzma-yuz muloqot jarayonida 20 nafar fuqaro o‘z muammolari bilan murojaat qildi. Xususan, uy-joyni ta’mirlash, doimiy ish bilan ta’minlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bolalar nafaqasi hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar asosiy e’tiborda bo‘ldi.
Qabul davomida har bir murojaat tuman hokimi tomonidan diqqat bilan tinglanib, ayrim masalalar shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etiladigan murojaatlar yuzasidan esa aniq muddatlar belgilanib, mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.







