“Besh tashabbus paralimpiadasi”ning tuman bosqichi o‘tkazildi
2026-04-21 13:00:00 / Yangiliklar

Sirdaryo tumanida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirning ochilish marosimida tuman hokimi Azizbek Turdimurodov hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, sportchilarga omad tiladilar.
Musobaqada 452 nafar ishtirokchi 13 ta parasport turi bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar o‘zlarining kuch-g‘ayrati va irodasini namoyon etib, bellashuvlarga sport ruhini bag‘ishladilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.






