Sirdaryo tumani hokimi navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
2026-04-17 11:00:00 / Yangiliklar

Sirdaryo tumani hokimi Azizbek Turdimurodov fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi. Qabulda jami 20 nafarga yaqin fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv jarayonida fuqarolar tomonidan ijtimoiy soha, bandlik, kommunal xizmatlar, yer va kadastr, tadbirkorlik faoliyati hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarga oid murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.




