Sirdaryo tumanida DXX kubogi sport musobaqalariga start berildi
2026-04-17 19:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish maqsadida yurtimizda har yili Davlat xavfsizlik xizmati kubogi sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.
Sirdaryo tumanida ham mazkur musobaqaning bu yilgi tuman bosqichi tantanali ravishda ochib berildi. Musobaqa doirasida o‘g‘il va qiz bolalar futbol va mini futbol sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.









