Sirdaryo tumanida turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.
2026-04-16 18:00:00 / Yangiliklar

Malayziyaning “Spora Global Sdn Bhd” kompaniyasi tomonidan tumanda “SYRDARYA GOLF RESORT” MCHJ XK tashkil etildi. Kompaniya tomonidan hududda zamonaviy golf maydoni hamda yuqori toifadagi mehmonxona majmuasini barpo etish rejalashtirilgan.
Mazkur loyiha doirasida Sirdaryo tumani hokimi Azizbek Turdimurodov hamda investorlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu tashabbus hududda turizm salohiyatini yanada oshirish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.



