Mahallalarda o‘tkazilgan hashar ishlarida barcha faol qatnashdi
2026-04-19 18:00:00 / Yangiliklar

Mahallalar va aholi turar joylarini obodonlashtirish maqsadida aholi vakillari, yoshlar, nuroniylar, davlat hamda jamoat tashkilotlari xodimlari hashar ishlarida faol ishtirok etdi. Ko‘cha va maskanlar, ko‘p qavatli uylar atrofi, muqaddas qadamjolar hamda ijtimoiy obyektlar hududlarini tartibga keltirish, daraxtlarga shakl berish, atrof-muhitni tozalash ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, hashar davomida 12 tonna maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlandi, 3 mingdan ortiq buta va daraxtlarga ishlov berildi. Shuningdek, hududlarda 28 kilometrdan ziyod ariq va lotoklar tozalandi.
Maqsad bir — hududlarni obod qilish va ularni yanada ko‘rkam maskanga aylantirish.
Sirdaryo tumani hokimligi Axborot xizmati




