Shaffoflik va halollik — Sirdaryo taraqqiyotining asosiy omilidir
2026-04-15 10:10:00 / Yangiliklar

So‘nggi yillarda Sirdaryo tumani investitsiya, sanoat va savdo sho‘basi tomonidan korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Faoliyatning barcha yo‘nalishlarida ochiqlik, shaffoflik va qonun ustuvorligi tamoyillari qat’iy joriy etildi.
Mazkur yondashuv natijasida tumanda tadbirkorlarga ko‘maklashish ishlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirishda sun’iy to‘siqlar bartaraf etilib, zarur maslahat va amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Natijada Sirdaryo tumanida tadbirkorlik subyektlari soni sezilarli darajada ko‘paydi.
Korrupsion xavflarni kamaytirish maqsadida yer uchastkalarini ajratish jarayoni to‘liq ochiq auksionlar orqali amalga oshirila boshlandi. Bu esa yer ajratishda adolatli raqobatni ta’minlab, tadbirkorlar va investorlar uchun teng imkoniyatlar yaratdi.
Shaffof boshqaruv va qulay ishbilarmonlik muhiti tufayli xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi, yangi loyihalar ishga tushirildi. O‘z navbatida, ishlab chiqarish hajmlari kengayib, eksport salohiyati oshdi, mahalliy mahsulotlar tashqi bozorlarga chiqmoqda.
Sho‘ba tomonidan mahalliy tadbirkorlar va investorlar duch kelayotgan muammolar tizimli tarzda o‘rganilib, ularning yechimi tuman, viloyat va respublika darajasida hal etib kelinmoqda. Har bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi va qonuniy asosda ko‘rib chiqiladi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yangi ish o‘rinlari yaratildi, aholi bandligi ta’minlanib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga mustahkam zamin yaratildi.
Sirdaryo tumani investitsiya, sanoat va savdo sho‘basi
