Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi va Majburiy ijro byurosi Sirdaryo tuman bo‘limi hamkorligida sud hujjatlari ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
2026-03-31 18:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi hamda Majburiy ijro byurosi Sirdaryo tuman bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirok etib, unda sud hujjatlarini ijro etish sohasidagi dolzarb masalalar tanqidiy muhokama qilindi.
O‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, 2026 yilning 3 oyida sud tomonidan MIB Sirdaryo tuman bo‘limiga 12 mlrd so‘mlik 576 ta ijro hujjati yuborilgan bo‘lib, shundan 1 mlrd so‘mlik 152 ta ijro hujjati tamomlanganligi, ayrim ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanmaganligi holatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Sud tomonidan 2019-2025 yillar davomida ijro kilish uchun yuborilgan ijro xujjatlaridan bugungi kunga qadar ijrosi ta’minlanmagan holatlar mavjudligiga yigilish ishtirokchilarining e’tiborini qaratdi.
Shuningdek, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasiga asosan ijro harakatlarini ikki oy muddat ichida amalga oshirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida sud hujjatlari ijrosini ta’minlashda qonun talablariga qat’iy rioya qilish, ijro jarayonlarini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda sud va Byuro organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.
U.Kurbanov.
Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining raisi

