Xitoylik maslahatchilar Sirdaryo tumaniga tashrif buyurib, mahallalar faoliyati bilan tanishdilar
2026-03-11 14:00:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, kuni kecha Xitoy Xalq Respublikasining kambag‘allikka qarshi kurashish yo‘nalishida katta tajribaga ega bo‘lgan yetakchi olimlari — Fudan universiteti professori Van Syaolin, Pekin pedagogika universiteti professori Chjan Si hamda boshqa mutasaddilardan iborat delegatsiya vakillari mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Bugun ushbu delegatsiya vakillari tumandagi Quyosh mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati hamda aholi xonadonlarida yetishtirilayotgan issiqxonalar faoliyati bilan tanishdilar va o‘zlarining zarur tavsiyalarini berdilar.
Shuningdek, “Peng sheng” qo‘shma korxonasiga ham tashrif buyurilib, istiqbolli rejalar muhokama qilindi.








