2026 yil 16 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili
2026-02-19 16:00:00 / Yangiliklar

Mazkur Farmon bilan 5-ilova sifatida tasdiqlangan “Davlat boshqaruvi va sud-huquq islohotlari dasturi”ga ko‘ra:
1.Jinoyat ishlari bo‘yicha sud prosesslarini “xalq vakillari hay’ati” ishtirokida o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
2.Jinoyat prosessida majburlov choralari qo‘llanilishi, inson huquqlariga rioya etilishi ustidan sud nazorati kuchaytirilib, respublikadagi barcha tergov sudyalari vakolatlari kengaytiriladi. Ya’ni jinoyat ishlarida “Xabeas korpus” instituti doirasida tergov sudyalariga qamoqqa olish, uy qamog‘i tarzidagi va boshqa ehtiyot choralarini o‘zgartirish va bekor qilish vakolatini berish;
3.Jinoyat ishida himoyachiga o‘z himoyasi ostidagi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki jabrlanuvchi ishtirokida o‘tkazilgan prosessual harakatlarga oid hujjatlar hamda dalillar bilan tanishib, undan nusxalar olish, surishtiruv va dastlabki tergov davomida istalgan vaqtda o‘z himoyasi ostidagi gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan yuritilayotgan jinoyat ishini qo‘zg‘atish va tugatish haqidagi qarorlardan nusxa olish vakolatlarini berish, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustano;
4.Advokat so‘roviga ma’lumotlar bepul taqdim etilishi, shuningdek notarial harakatlar va kadastr organlaridan olinadigan ma’lumotlarni advokat so‘rovi orqali olish imkoniyatini yaratish;
5.Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunchilikdagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish kabi tadbirlar belgilandi.
Mazkur dasturda belgilangan tadbirlar kelgusida yurtimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan jarayonlarni sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Sirdaryo tuman sudi raisi B.Qorayev
