Matbuot anjumani o‘tkazildi
2026-02-13 10:00:00 / Matbuot anjumanlari

Majburiy ijro byurosi Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan 2025 yil davomida sud hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida muhim ishlar amalga oshirildi.
Jami 34 120 ta ijro hujjati bo‘yicha 552,1 mlrd so‘mlik talablar ijrosi ta’minlanib, 229,5 mlrd so‘m amalda undirildi. Davlat byudjetiga 151,3 mlrd so‘m yo‘naltirildi.
Aliment undirish bo‘yicha 10 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi, 526 ta oila yarashtirildi. Aholi murojaatlarining 96 foizi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, 2026 yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida mahallalarda sayyor qabullar davom etmoqda.
