Yerga oid nizolar yuzasidan....
2025-12-18 15:00:00 / Yangiliklar

“Sh” fermer xo‘jaligi va tuman hokimligi o‘rtasida yer uchastkasini 49 yil muddatga ijaraga berish bo‘yicha uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi tuzilsa-yu so‘ng tuman hokimining yana boshqa qarori bilan “Sh” fermer xo‘jaligining ijara asosida foydalanishida bo‘lgan ushbu yer maydoni tuman hokimligi zahirasiga qaytarib olinib, boshqa “S” fermer xo‘jaligiga ajratib berilsa shuningdek yer uchastkasini 39 yil muddatga ijaraga berish bo‘yicha uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi tuzilsa, albatta “Sh” fermer xo‘jaligi norozi bo‘lishi tabiiy xol!
Xo‘sh, ushbu xolatda “Sh” fermer xo‘jaligining nizoli yer uchastkasiga nisbatan huquqlari tiklanadimi?
-Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni 33-moddasiga ko‘ra, mulkdor o‘zga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qonunlariga muvofiq talab qilib olish huquqiga egadir.
-Mulkdor o‘z huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasada, bartaraf etishni talab qilishi mumkin.
Savol - Tuman hokimining “Sh” fermer xo‘jaligining ijara asosida foydalanishida bo‘lgan ushbu yer maydoni tuman hokimligi zahirasiga qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori xaqiqiy emas deb topilishi mumkinmi?
-O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 12-moddasini birinchi qismiga ko‘ra davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
-“Sh” fermer xo‘jaligi ma’muriy sudiga tuman xokimining ijara asosida foydalanishida bo‘lgan ushbu yer maydoni tuman hokimligi zahirasiga qaytarib olinganligi to‘g‘risidagi qarorini xaqiqiy emas deb topishni so‘rab murojaat etishi mumkin.
Savol - Biroq, tuman hokimligi tomonidan ma’muriy sudining yer maydoni tuman hokimligi zahirasiga qaytarib olish to‘g‘risidagi qarorini xaqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori ijrosi ta’minlanmagan va “Sh” fermer xo‘jaligiga ijara asosida tegishli bo‘lgan yer maydonlari qaytarilmagan bo‘lsa-chi ?
- “Sh” fermer xo‘jaligi ma’muriy sudga murojaat qilib, tuman hokimining qarorini haqiqiy emas deb topish va tuman hokimligiga yer maydonlarini “Sh” fermer xo‘jaligiga tegishli ekanligi majburiyatini yuklashni so‘rashi mumkin.
Savol - yer uchastkalariga bo‘lgan huquq qachon vujudga keladi?
- Tuman hokimining yangi qaroriga asosan “Sh” fermer xo‘jaligi va tuman hokimligi o‘rtasida tuzilgan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 31-moddasida yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi joyning o‘zida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin vujudga kelishi nazarda tutilgan.
“Sh” fermer xo‘jaligining nizoli yer uchastkasiga nisbatan huquqlari tiklangandan so‘ng “S” fermer xo‘jaligiga talabnoma bilan murojaat qilib, o‘ziga ijara asosida tegishli bo‘lgan yer maydonini ixtiyoriy ravishda bo‘shatib topshirishni so‘ragan bulsada ammo “S” fermer xo‘jaligi “Sh” fermer xo‘jaligining ushbu talabnomasini oqibatsiz qoldirib, yer maydonini bo‘shatib bermagan xolatda, yer maydonidan majburiy tartibda chiqarish tartibi qanday?
“Sh” fermer xo‘jaligi iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, “S” fermer xo‘jaliginiyer maydonidan majburiy tartibda chiqarishni so‘rashi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy prosessual kodeksining 73-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning yoki ma’muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni ko‘rayotgan iqtisodiy sud uchun fuqarolik ishlaribo‘yicha sudning yoki ma’muriy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli bo‘lgan holatlarga doir masalalar bo‘yicha majburiydir.
Mulkdor o‘z huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi mumkin.
Savol - bundan tashqari, “Sh” fermer xo‘jaligibuzilgan huquqini tiklash uchun advokat xizmatidan foydalanib, advokatlik xizmati uchun to‘lov kvitansiyasi bilan haq to‘lagan bo‘lsa, ushbu yetkazilgan zararni to‘la qoplanishini talab qilishi mumkinmi?
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi14-moddasini birinchi va ikkinchi qismiga ko‘ra, agar qonun yoki shartnomada zararni kamroq miqdorda to‘lash nazarda tutilmagan bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs o‘ziga yetkazilgan zararning to‘la qoplanishini talab qilishi mumkin.
Shuningdek, zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.
Saydanov Srojiddin
Maxamadjanov Qo‘shmurod
Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudi sudya yordamchilari
