“Prezident Olimpiadasi”da Sirdaryolik sportchi Shahzodbek Xolmuradovdan kumush medal
2025-11-28 18:00:00 / Yangiliklar

“Prezident Olimpiadasi” doirasida start olgan yengil atletika musobaqalarining uzunlikka sakrash yo‘nalishida Sirdaryo tumani sport maktabi shug‘ullanuvchisi Shahzodbek Xolmurodov 14 metr 83 santimetr natija qayd etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shahzodbek Xolmuradovning ushbu muvaffaqiyatlari tumanimiz sport sohasida olib borilayotgan puxta tayyorgarlik jarayonlari va murabbiylar mehnatining amaliy samarasi bo‘ldi.






