“Prezident Olimpiadasi”da Sirdaryolik sportchi Shahzodbek Xolmuradovdan oltin medal
2025-11-28 15:30:00 / Yangiliklar

“Prezident Olimpiadasi” doirasida start olgan yengil atletika musobaqalarining uzunlikka sakrash yo‘nalishida Sirdaryo tumani sport maktabi shug‘ullanuvchisi Shahzodbek Xolmurodov 6 metr 90 santimetr natija qayd etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Fursatdan foydalanib Sirdaryo tumani hokimligi hamda tumanimizning ko‘p ming sonli yoshlari nomidan Shahzodbek Xolmurodovni ushbu g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilaymiz.






