“Prezident Olimpiadasi”da Sirdaryolik sportchi Dostonbek Abdimutalovdan oltin medal
2025-11-28 13:00:00 / Yangiliklar

“Prezident Olimpiadasi” doirasida start olgan yengil atletika musobaqalarining disk uloqtirish yo‘nalishida Sirdaryo tumani sport maktabi shug‘ullanuvchisi Dostonbek Abdimutalov 47 metr 97 santimetr natija qayd etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Fursatdan foydalanib Sirdaryo tumani hokimligi hamda tumanimizning ko‘p ming sonli yoshlari nomidan Dostonbek Abdimutalovni ushbu g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilaymiz.



