Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari tomonidan Sirdaryo tumanidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
2025-11-28 14:00:00 / Yangiliklar

Davlat rahbari huzurida 2025 yil 27 oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari G.Raximova tomonidan Sirdaryo tumanidagi tadbirkorlik sub’ektlari shu jumladan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan joyiga chiqqan holda bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
Xususan, tumandagi farmasevtika mahsulotlari (infuzion eritmalar va dori vositalari) ishlab chiqaruvchi “River Med Pharm”, qurilish materiallari (gazoblok) ishlab chiqaruvchi “Arimex” va “Eurasia Gaz Beton”, shuningdek metall konstruksiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Wang Da Group” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining ishlab chiqarish jarayonlari yaqindan tanishildi.
O‘tkazilgan uchrashuvlar davomida ishlab chiqaruvchi korxonalarning davlat xaridlaridagi ishtirokida yuzaga kelayotgan, shuningdek, ularning mahalliy tovar sertifikatini olish bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolari o‘rganildi va takliflari tinglandi.
Aniqlangan holatlar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib,
tegishli mas’ullarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.







