Sharof Rashidov tumanida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi
2025-10-13 10:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, xonadonlar kesimida manzilli ish olib borish hamda aholining ijtimoiy faolligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida hokim yordamchilari va ijtimoiy xodimlarning joylardagi faoliyati, ularning oila va fuqarolar bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tuman hokim o'rinbosari yig‘ilish yakunida mutasaddilarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholining bandligi va daromadini oshirish borasida manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
