Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyani oldini olish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2025-10-09 12:00:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumani IIB boshlig‘i S. Yunusov hamda HET AJ Jizzax hududiy filiali korrupsiya bo‘limi boshlig‘i J. Qurbonaliyev ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyani oldini olish” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashishning samarali yo‘llari hamda xodimlar o‘rtasida halollik, mas’uliyat va qonuniylik tamoyillarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olinib, bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
