Sharof Rashidov tumanida yoshlar siyosati yo‘nalishidagi ishlar tahlil qilinmoqda
2025-10-07 17:00:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tuman hokimi Asilbek Ashurov So'g‘diyona mahallasida mas’ul tashkilot rahbarlari, mahalla yettiligi a’zolari hamda maktab rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahallada yoshlar bilan ishlash holati atroflicha o‘rganilib, mavjud muammolar tahlil qilindi. Monitoring jarayonida yoshlar siyosati yo‘nalishida yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
🔹 Asosiy maqsad — har bir yoshning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.
🔹 Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda har bir mahallada yoshlar bilan individual ishlash tizimini kuchaytirish, ularni kasbga yo‘naltirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘lga qo‘yilmoqda.






