Sharof Rashidov tumanida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda
2025-10-03 16:05:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumanini “korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish borasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi qator tashkilot va muassasalarda tizimli o‘rganish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Shu jumladan, Agrobank tumani filiali faoliyati ham atroflicha o‘rganildi. Jarayonda mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, aholiga yaratilgan qulayliklar, shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan mexanizmlar ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunida bank faoliyatini yanada takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.







