Hokim va yoshlar uchrashuvi
2025-09-29 14:00:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tuman hokimi Asilbek Ashurov tumandagi mahalla yoshlari bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda iqtidorli, tashabbuskor va turli sohalarda yutuqlarga erishayotgan yoshlar faol ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini bemalol berishdi hamda hokimdan atroflicha javob oldilar. Shuningdek, kelgusida yoshlarga yaratiladigan shart-sharoitlar, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilindi.
Tadbir yakunida Mulkanlik mahallasi sportchi qizlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Qolaversa, yoshlarning kasb-hunar o‘rganishlariga ko‘maklashish maqsadida bir guruh yoshlarga zamonaviy tikuv mashinkalari tantanali ravishda topshirildi.









