2025 yil 1 aprel kuni bo‘lib o‘tgan vedioselektor yig‘ilishda berilgan topshiriqqa asosan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot
2025-04-15 14:00:00 / Yangiliklar

Tasdiqlangan grafikka asosan joriy yilning 7 apryel kuni Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi Uchtyepa hududidagi “Robiya Omad sari” fermer xo'jaligining yer maydonida bog'-tok qator oralariga bahor mavsumida qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish bo'yicha syeminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat Agrosanoatni rivojlantirish agentligi boshlig'i, tuman qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari, tuman fermerlari kengashi raisi, 32 dan ortiq fermer xo'jalik raxbarlari ishtirok etdi.
Topshiriqqa asosan hududlarda bog'-tok qator oralariga ekinlar ekish bo'yicha ko'rgazmali seminarlar tashkil etish bo'yicha hududlarda o'tkaziladigan seminar grafiklari ishlab chiqildi.
Shuningdyek, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida Fermyerlar kengashi, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Jizzax viloyatlari hodimlari bilan birgalikda ochiq o'quv seminar dasturi bo'lib o'tdi. Seminarda ishtirok etgan vakillar, viloyat va tuman loyiha ofis bosh mutaxasisslari bilan bog'dorchilik, uzumchilik, issiqxona tashkil etish, subsidiyalash xamda qayta-ishlash korxonalari bilan ishlash bo'yicha keng ko'lamli suhbatlar olib borildi.
Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani "Uchtepa" SIU hududidagi “Robiya Omad sari” fermer xo'jaligida tashkil etilgan seminar davomida agronomlar tomonidan bog' va tokzorlarda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish va parvarish qilish bo'yicha tushunchalar berib o'tdi.
Ma'lumot uchun: Sh.Rashidov tumanida 420 gektar mevali bog'lar, 645 gektar tokzorlar mavjud bo'lib, shundan 225 gektari hosilli meva bog'lar va 180 gektari yosh bog'lardir. Uzumzorlarning 620 gektar maydoni hosilga kirgan bo'lib, 165 gektari yosh tokzorlarni tashkil etadi
