Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari diqqatiga!
2025-04-10 16:00:00 / Yangiliklar
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi ijtimoiy imkoniyati cheklangan oila farzandlarini xorijiy til, elektron tijorat, marketing va SMM bo‘yicha o‘qitib ishga yo‘naltirishga qaratilgan 3 bosqichli loyiha amalga oshirilmoqda.

1-bosqich
30 ming nafar yoshlar itstudy.uz platformasi orqali onlayn bepul ta'lim imkoniyati yaratildi.
2-bosqich
5 ming nafar yoshlar uchun 6 oylik bepul gibrid kurslar boshlanadi.
Shuningdek, 2-bosqichda eng yaxshi natija ko’rsatgan yoshlarga imtiyozli tarzda kompyuterlar taqdim etiladi.
3-bosqichi
14 ta hududda markazlar tashkil etiladi va unda Siz elektron tijorat orqali daromad topishga o‘rganasiz.
Sizlarni 30-aprelga qadar itstudy.uz platformasi orqali o‘qib saralangan yoshlar safida bo‘lishga chorlaymiz.
