Tuman hokimi o‘rinbosari sayyor qabul o‘tkazdi
2026-10-22 15:05:00 / Yangiliklar

Sharof Rashidov tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Javlon O‘ralov tomonidan fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida aholining murojaat va takliflari tinglanib, qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti va sug‘orish hamda sohadagi mavjud muammolar yuzasidan muloqot olib borildi.
Bildirilgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilib, yechimi qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan zarur choralar belgilandi.
