ŞAROF RAŞIDOV TUMANIDA ZAMONAVIY IŞLAB ÇIQARIŞ USKUNALARI ŞOURUMI FAOLIYAT BOŞLADI
2026-10-30 14:00:00 / Yangiliklar

Oçiliş marosimida Jizzax viloyati hokimi Uluğbek Mustafoyev iştirok etib, tadbir qatnaşçilarini tabrikladi. Mazkur maskan öz biznesini boşlaş yoki mavjud faoliyatini kengaytiriş istagidagi fuqarolar uçun muhim amaliy imkoniyat ekanini ta’kidladi.
Şourumda qadoqlaş, oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari işlab çiqariş, sovutiş, plastmassa buyumlari tayyorlaş, metall va şişaga işlov beriş, lazer texnologiyalari hamda poligrafiya yönalişlaridagi uskunalar namoyiş etilmoqda.
Endilikda fuqarolar uskunalarni bevosita köriş, işlaş jarayoni bilan tanişiş, sinovdan ötkaziş hamda öz ehtiyoj va imkoniyatlariga mosini tanlaşlari mumkin.
Uskunalar narxi quvvati va texnik imkoniyatlariga qarab, 2 million sömdan 100 million sömgaça belgilangan. Qimmatroq va maxsus uskunalarni Xitoy hamda Turkiyadagi işlab çiqaruvçilardan buyurtma asosida yetkazib beriş imkoniyati ham mavjud.
Şourumda bank mutaxassislari tomonidan moliyalaştiriş şartlari, kredit oliş tartibi va mavjud imtiyozlar yuzasidan maslahatlar beriladi. Qöşimça ma’lumotlar bilan uskunalar.uz sayti orqali tanişiş mumkin.
Şuningdek, mijozlarga maqbul texnologik yeçimlarni tanlaş, uskunalardan xavfsiz foydalaniş böyiça körsatmalar beriş, ularni yetkazib beriş, örnatiş, işga tuşiriş va keyingi servis xizmatlarini taşkil etiş közda tutilgan.
Mazkur şourum xonadonbay işlab çiqariş va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, yangi iş örinlari hamda aholi uçun qöşimça daromad manbalarini yaratişga xizmat qiladi.









