JIZZAX ŞAHRIDAN ŞAROF RAŞIDOV TUMANIGA OLIB BORUVÇI AVTOMOBIL YÖLI KENGAYTIRILMOQDA
2026-10-30 15:00:00 / Yangiliklar
Jizzax şahrining Şodlik mahallasidan Şarof Raşidov tumanidagi Suğdiyona mahallasi orqali Foriş tumaniga olib boruvçi avtomobil yölida kengaytiriş va ta’mirlaş işlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Ayni paytda yölning qatnov qismini kengaytiriş, yöl çetlariga suv oqova lotoklarini örnatiş hamda yöl infratuzilmasini yaxşilaş böyiça quriliş işlari olib borilmoqda.
Mazkur bunyodkorlik işlari transport vositalarining xavfsiz va uzluksiz harakatlanişini ta’minlaş, yöl harakati iştirokçilari uçun qulay şaroitlar yaratiş hamda hududning transport infratuzilmasini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.







