Viloyat hokimi örinbosari Şarof Raşidov tumanida ajraliş yoqasidagi oilalar bilan yaraştiruv suhbatlari ötkazdi
2026-10-22 11:00:00 / Yangiliklar

Şu bois oilalarni asrab-avaylaş, oilaviy nizolarning oldini oliş, er-xotin örtasidagi kelişmovçiliklarni tinç yöl bilan hal etiş hamda farzandlar manfaatlarini himoya qiliş muhim ahamiyatga ega.
Şu maqsadda Şarof Raşidov tumanidagi "Oila maskani”da ajraliş yoqasiga kelib qolgan oilalar iştirokida yaraştiruv suhbatlari va muhokamalar taşkil etildi.
Uçraşuvdan közlangan asosiy maqsad oilalardagi kelişmovçiliklar sabablarini aniqlaş, muammolarni özaro muloqot orqali hal etişga kömaklaşiş hamda oilalarni saqlab qolişdan iborat böldi.
Suhbatlar davomida 12 ta oilada yuzaga kelgan nizolar, kelişmovçiliklarning kelib çiqiş sabablari va ularni bartaraf etiş imkoniyatlari atrofliça muhokama qilindi. Iştirokçilar bilan oilada özaro hurmat, işonç, sabr-toqat va mas’uliyatning örni haqida fikr almaşildi. Şuningdek, har qanday muammoni şoşma-şoşarlik bilan emas, balki bir-birini tinglaş, tuşuniş va murosaga keliş orqali hal etiş muhimligi tuşuntirildi.
Olib borilgan tuşuntiriş işlari, samimiy suhbatlar va yaraştirişga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasida 12 ta oilaning 3 tasini yaraştirişga erişildi. Bu esa oilaviy muammolarni öz vaqtida aniqlaş, ularga befarq bölmaslik va zarur paytda amaliy kömak körsatiş naqadar muhimligini körsatadi.
Oilalarda soğlom ma’naviy muhitni şakllantiriş, nizolarning oldini oliş va ajraliş holatlarini kamaytirişga qaratilgan bunday uçraşuvlar izçil davom ettirilişi muhim.
Çunki oilani asraş — faqat er-xotinning emas, balki farzandlar kelajagi va jamiyat oldidagi mas’uliyat hamdir.
