Şarof Raşidov tumanida işsiz yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi
2026-10-19 18:00:00 / Yangiliklar

Şarof Raşidov tumanida markaz va mahallalardan onlayn ulangan 1000 nafarga yaqin yoşlar iştirokida oçiq muloqot taşkil etildi.
Uçraşuv davomida yoşlarni işga joylaştiriş, kasb-hunarga öqitiş, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş hamda özini özi band qiliş imkoniyatlari atrofliça muhokama qilindi.
Şuningdek, öz faoliyatida natijalarga erişayotgan tumandagi yetakçi tadbirkorlar iştirokida tajriba almaşişga alohida e’tibor qaratildi. Ular öz tajribalari bilan örtoqlaşib, yoşlarga amaliy tavsiyalar berişdi. Işlaş istagida bölgan yoşlarni iş bilan ta’minlaş böyiça ham kelişuvlarga erişildi.
Muloqotda bildirilgan murojaat va takliflar asosida yoşlarning bandligini ta’minlaş, ularni mavjud imkoniyatlarga yönaltiriş hamda muammolarini hal etiş böyiça mas’ullarga tegişli vazifalar belgilandi.
Asosiy maqsad — har bir yoşning bandligini ta’minlaş, uning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va daromadli mehnat bilan şuğullanişiga kömaklaşiş.









