SHAROF RASHIDOV TUMANIDA HAR HAFTA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILADI
2026-10-07 10:00:00 / Yangiliklar

Sharof Rashidov tumanida tasdiqlangan reja-grafik asosida har hafta tuman hokimi, uning o‘rinbosarlari hamda vakillari tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
Qabullarda fuqarolarning turli masalalarga oid murojaatlari tinglanib, tegishli mutasaddilar ishtirokida atroflicha o‘rganiladi. Murojaatlarni qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan zarur choralar belgilanib, ijrosi nazoratga olinadi.
Aholi muammolariga yechim topish hamda xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
