SHAROF RASHIDOV TUMANI HOKIMINING FUQAROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
2026-09-19 14:00:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumani hokimi Asilbek Ashurov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda aholining murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari bevosita tinglandi.

Qabul davomida fuqarolar uy-joy, kadastr, ichki ko‘chalarni ta’mirlash, elektr tarmoqlari holatini yaxshilash hamda boshqa ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Har bir murojaatni mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganish, ko‘tarilgan masalalarga qonunchilikda belgilangan tartibda yechim topish hamda fuqarolarga zarur tushuntirishlar berishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur qabul aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal etish choralarini belgilashga xizmat qildi.








