“MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2026-09-11 16:00:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumani “Mustaqillikning 35 yilligi” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, ichki ko‘chalarni asfaltlash va asfalt yotqizishga tayyorlash, piyodalar yo‘laklarini qurish hamda lotoklar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlar mahalla qiyofasini yanada yaxshilash, piyodalar va transport vositalarining qulay harakatlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Hududdagi obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.






