SHAROF RASHIDOV TUMANIDA “TASHABBUSLI BUDJET” DOIRASIDAGI 9 TA G‘OLIB LOYIHA MOLIYALASHTIRILADI
2026-09-11 15:00:00 / Yangiliklar

1. “Ochiq budjet” axborot portalida tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumida ovoz berish yakunlariga ko‘ra Sharof Rashidov tumani bo‘yicha jami 90 365 ta ovoz to‘plagan, umumiy qiymati 14 853 078 742 (o‘n to‘rt milliard sakkiz yuz ellik uch million yetmish sakkiz ming yetti yuz qirq ikki) so‘mlik 9 ta loyiha g‘olib deb topilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. kengash.gov.uz VII-27-142-3-46-K/26
2. Tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalarni “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha Manzilli ro‘yxat 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumida aholi va Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan sheriklik asosida birgalikda moliyalashtirish uchun saralab olingan, loyiha qiymatining aholi hissasiga to‘g‘ri keladigan 50 foizi - 21 000 000 (yigirma bir million) so‘m miqdoridagi mablag‘ni belgilangan tartibda to‘liq to‘plagan hamda “g‘oliblar” ro‘yxatiga kiritilgan 055489778004 ID raqamli, Istiqlol MFY hududida bolalar maydonchasi (o‘yingohi) qurish loyihasi 2-ilovaga muvofiq ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
4. Mazkur qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan sheriklik loyihasining umumiy qiymati 42 000 000 (qirq ikki million) so‘m etib belgilangan bo‘lib, uning 21 000 000 (yigirma bir million) so‘mi aholi tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘plangan mablag‘lar, qolgan 21 000 000 (yigirma bir million) so‘mi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
5. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi (N.Axmedov) tasdiqlangan 1- va 2-ilovalarga muvofiq tegishli buyurtmachi tashkilotlar uchun DMBAT dasturida har bir loyiha bo‘yicha alohida “4017...” turdagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochilishini ta’minlasin.
6. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi (N.Axmedov) sheriklik loyihasi bo‘yicha tranzit hisobvaraqda to‘plangan aholi mablag‘larining belgilangan tartibda loyiha uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazilishini hamda loyiha qiymatining qolgan qismini Davlat budjetida rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish uchun tegishli mablag‘larning belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin.
7. Tegishli buyurtmachi tashkilotlar rahbarlari ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish hamda loyihalarni belgilangan tartibda va sifatli amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘lsin.
8. Sheriklik asosida moliyalashtiriladigan loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar faqat loyiha mazmunida nazarda tutilgan tadbirlardan iborat bo‘lsin. Mazkur loyiha bo‘yicha obyektni foydalanishga topshirishda loyiha tashabbuskori va mahalla raisining ishtiroki ta’minlansin.
9. Tuman hokimligi axborot xizmati (F.Abduraxmonov) mazkur qaror ijrosi, loyihalarning moliyalashtirilishi, amalga oshirilayotgan ishlar hamda ajratilgan mablag‘larning sarflanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Ochiq budjet” kengash.gov.uz VII-27-142-3-46-K/26 portali va boshqa axborot resurslari orqali qonunchilikda belgilangan tartibda muntazam ravishda jamoatchilikka yetkazib borilishini ta’minlasin.
10. Sheriklik asosida birgalikda moliyalashtiriladigan loyiha bo‘yicha jamoatchilik nazorati, hisobdorlik, davlat xaridlarini amalga oshirish va loyihani qabul qilib olish ishlari amaldagi qonunchilik hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq amalga oshirilsin. 11. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Ergashev zimmasiga yuklatilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Isakov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi AKBAROVA SHOIRA UKTAMOVNA
