SHAROF RASHIDOV TUMANIDA HAR HAFTA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILMOQDA
2026-09-09 09:05:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumani Xalq qabulxonasida tasdiqlangan reja-grafik asosida har hafta tuman hokimi, uning o‘rinbosarlari va vakillari tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazilmoqda.

Qabullar davomida fuqarolarning turli masalalarga oid murojaatlari tinglanib, tegishli mutasaddilar ishtirokida atroflicha o‘rganilmoqda. Murojaatlarni qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan zarur choralar belgilanib, ijrosi nazoratga olinmoqda.
Mazkur qabullar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topishga xizmat qilmoqda.




